Shu vaqtgacha bo‘lgan saylovlardan farqi, bu safar birinchi marta beshala partiya hamma darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzod ko‘rsatdi. Ya’ni, har bir partiyani tuman kengashigayam,shahar kengashigayam, Qonunchilik palatasigayam deputat bo‘lib saylanishga nomzodi bor.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev Namangan viloyati safari davomida Davlatobod tumanidagi Madaniyat markazida nuroniylar, mahalla faollari hamda birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat muassasalari obyektlari, ko‘p kvartirali uylar va maydoni 1000 m/kv'dan ortiq bo‘lgan obyektlar uchun energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatishni majburiy etib belgilash taklifini ilgari surmoqda.
So‘nggi yillarda davlat mulki hisoblangan umumiy foydalanishdagi bog‘lar, sayilgoh, xiyobon va daraxtzorlar hududida bino-inshootlarni qurish amaliyoti kengayib borayotganligi ko‘p yillik daraxtlarning kesilishiga, atrof muhitni ifloslanishiga, oqibatda aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.