19-06-2025 13:14
Suhbatda shahar-u qishloqlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti, bugungi tinchlik qadri haqida so‘z bordi.
“Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya davlatimizning faoliyat dasturiga aylangan. Shu asosida aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, daromadi va farovonligini oshirish, mahallalarni obod qilish ijtimoiy hayotimizda yetakchi o‘ringa chiqmoqda.
Nuroniylar bu o‘zgarishlarni xalqimiz o‘z hayotida sezayotgani, islohotlarga yuqori baho berayotganini aytishdi. Xotin-qizlar vakili barcha sohalarda ayollarga keng imkoniyatlar berilgani, natijada ular o‘z oilasi va mehnat jamoalarida qadr topib, hayotidan rozi bo‘lib yashayotganini so‘zlab berdi.