So‘nggi uch yil ichida mamlakatimizda ko‘makka muhtoj 3 mln aholining turmush sharoiti yaxshilangani holda kambag‘allik darajasini 17 foizdan 11 foizga tushirishga erishildi. Shuningdek, mamlakatimizda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish va kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 7 foizgacha pasaytirish maqsadini to‘la amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bugun, 23-sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda tezkor axborot berish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.