
Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bolalar va o‘smirlarning ekran oldida o‘tkazgan vaqti ularning yurak va metabolik sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kopengagendagi universitet mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli kuzatuvlar natijalari, ekran vaqti bilan yurak-qon tomir kasalliklari va metabolik buzilishlar o‘rtasida mustahkam bog‘liqlikni aniqladi.

Fudzita sog‘liqni saqlash universiteti va Tokio tibbiyot fanlari institutining olimlari miyaning tez qarishiga ishora qiluvchi, turli xavotir buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi biomarkerni aniqladi. Bu haqda “Neuropsychopharmacology” xabar berdi.

Quyosh nuri inson organizmiga bir qator ijobiy ta’sirlar ko‘rsatadi. Eng avvalo, u miyadagi neyrobiokimyoviy jarayonlarni faollashtirib, kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. Quyida quyosh nurining foydali jihatlarini sanab o‘tamiz.

Uzoq vaqt mashinada, ayniqsa, katta yo‘lda ketayotganda ko‘z yumilib ketayotgandek tuyuladi. Shunda so‘nggi bir necha kilometr yo‘lni qanday bosib o‘tganingizni eslay olmaysiz. Bu holat uyqusizlikdan emas - bunga yo‘l gipnozi deb ataladigan hodisa sabab bo‘ladi.