16-10-2025 10:29
Olimlar kognitiv nuqsoni bo‘lmagan 4726 kishidan olingan 12500 dan ortiq MRT tekshiruvini tahlil qilishdi va erkaklarda miyaning ko‘proq hududlarida kulrang moddalar yo‘qolishini aniqlashdi.
Xususan, possentral korteks – teginish, og‘riq va pozitsiyani anglash uchun mas’ul bo‘lgan soha – erkaklarda yiliga 2 foizga, ayollarda esa 1,2 foizga qisqaradi.
“Bu natijalar erkaklar tezroq qarishini ko‘rsatadi va bu ularning qisqa umr ko‘rishiga qisman ishora qiladi”, deya qayd etdi Sidney universiteti neyropsixologi Fiona Kumfor.
Biroq, miyaning qarishi sekinroq bo‘lishiga qaramay, ayollarda Alsgeymer kasalligining rivojlanish ehtimoli ko‘proq. Oslo universiteti tadqiqotchisi Anne Ravndal shunday ta’kidlaydi: “Agar miyaning tuzilmaviy o‘zgarishlari asosiy omil bo‘lganida, biz ayollarda gippokamp hajmining yoki boshqa xotira bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarning ko‘proq yo‘qolishini ko‘rgan bo‘lardik”.
Tadqiqotchilar boshqa omillar, xususan, umr ko‘rish davomiyligi, gormonal o‘zgarishlar yoki kasallikka turli xil moyillik – bu farqni yaxshiroq tushuntirishi mumkinligini ta’kidlamoqda, deb xabar berdi korrespondent.net.