08-08-2025 12:57
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent viloyati Angren shaharchasiga yaqin Yangiobod shaharchasi va Namangan viloyati Pop tumani Chorkesar qishloqlarida sovet davrida juda katta quvvatda ishlagan uran kon shaxtalari hozirda demontaj qilish ishlariga muhtoj ekanligi haqida bong urmoqda.
Uning ta’kidlashicha, ayrim xalqaro loyiha tashkilotlari tomonidan ushbu kon shaxtalarida radioaktiv modda tarqalish holatlari chuqur o‘rganilib, hududga yaqinlashmaslik belgilari o‘rnatilgan.
"Ammo so‘nggi paytlarda tog‘ turizmi rivojlanib, aynan mana shunday hududlar ham sayyohlarining tashrif buyuradigan "noyob" hududlariga aylanib qolayotgani achinarli. FVV va shu sohaga aloqador tuzilmalar ayni kunlarda ushbu kon shaxtalaridagi radioaktiv holat bo‘yicha munosabat berib o‘tishsa yomon bo‘lmasdi", deb yozadi olim.