25-10-2025 05:57

Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sohildan hech qanday madaniy qimmatga ega arxeologik topilma yoki xazina topilgan emas. Tasvirlardagi tangalar esa bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2018 va 2022-yilda chiqqan 200, 500 hamda 1000 so‘mlik tangalar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi hamda Ellikqal’a tumani hokimligi vakillari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirildi.
O‘rganishlar davomida videomurojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.
Madaniy meros agentligi fuqarolarni tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda madaniy meros obyektlariga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
