13-08-2025 06:52
Yig‘ilishda Toshkent shahrining Bunyodkor, Sebzor, Ahmad Donish hamda Toshkent halqa yo‘li va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarida transport vositalari uchun cheklangan yuqori tezlik chegarasini 80 km/soatga o‘zgartirish hamda 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakat yo‘nalishini tashkil etish taklif etildi.
Bildirilishicha, mazkur tashabbus o‘rganishlar natijalari, shuningdek, mahalliy va xorijiy tajriba tahlili asosida tirbandlik va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida ilgari surilmoqda
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan shaharlarda ruxsat etilgan tezlik chegarasi 70 dan 60 km/soatga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyati hududidan o‘tgan Termiz-Boysun avtomobil yo‘lida harakat tezligi me’yori 130 kilometr/soatgacha oshirilishi mumkinligi xabar qilingandi.