24-10-2025 09:29

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi g‘oliblarini tabrikladi.
Bu yilgi to‘rtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, shundan 286 nafari – ayol-qizlar.
“Biz g‘oyalarimizga ishonchsizlik bildirilgan davrdan to xalqaro e’tirofga erishish va shaxmatchilarimiz bilan faxrlanishgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tdik.
Men ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman, shu o‘rinda barcha qatnashchilarga omad, eng asosiysi, o‘zlariga ishonishlarini tilab qolaman!” – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.
