23-10-2025 10:30

Mazkur ma’lumotni Energetika vazirligi ochiqlarkan, bu Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi hamda 2025-yil 23-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida belgilab berilgan strategik vazifalar – iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va «yashil» energetika ulushini keskin oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasi ekanini ta’kidlaydi.
Xabarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.
«Yashil» energiya hisobidan:
Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 22-oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu – mamlakatimizdagi umumiy generatsiyaning 23 foizini «yashil energiya» tashkil etayotganini anglatadi.
Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng!
Eslatib o‘tamiz, bundan 29 kun avval, ya’ni 23-sentyabr kuni soat 14:00 da yurtimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energisi 8 mlrd kVt·soatni tashkil etgan edi.
