Shu yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengash deputatlari sayloviga tayyorgarlik ishlari, siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti jarayonlari qizg‘in kechmoqda. Har bir partiya muhim tashabbus va g‘oyalar bilan siyosiy kurash maydoniga chiqmoqda.
«Adolat» SDP o‘z saylovoldi dasturida bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish, yuvenal adliya tizimini yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda.