03-09-2025 06:32
Minval Politika ma’lumot berishicha, avval ulushi 70 foizga yetgan bo‘lsa, endi 30 foizgacha kamaydi, 13 ta seansning 9 tasi rus tilida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich to‘rttani tashkil etmoqda. Qolgan filmlar turk tilida namoyish etilmoqda.
Mutaxassislar bu qarorni aholining til bilish holati bilan izohlashmoqda. Ularga ko‘ra, mamlakat aholisining asosiy qismi rus tilini yaxshi bilmaydi, ammo turk tilini oson anglaydi. Bu esa kinoteatrlarga tomoshabinlar doirasini kengaytirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, bu o‘zgarish Ozarboyjondagi kengroq madaniy siljishni ham aks ettirmoqda. Turk tili yaqin va tushunarli til sifatida qabul qilinib, rus tilli auditoriya yil sayin kamayib bormoqda. Ozarboyjon kinoteatrlarida rus tilidagi filmlar soni qisqarishi ikki davlat munosabatlarining yomonlashgani fonida yuz bermoqda.
O‘tgan yil dekabrda Grozniy osmonida Azerbaijan Airlines samolyotiga zarba berilib, u Qozog‘iston hududida qulagan va 38 kishi halok bo‘lgandi. Prezident Ilhom Aliyev Moskvadan halokatdagi aybini tan olishni talab qildi. Biroq, Rossiya tergov yakunlanmaganini ta’kidlab, xulosa chiqarishga shoshilmaslikka chaqirdi. Bu Boku tomonida qattiq e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Aliyev hodisani xalqaro sudga olib chiqish niyatini bildirdi. Shundan keyin munosabatlar yanada taranglashdi. Bu yil yozda Yekaterinburgda 10 nafardan ortiq ozarboyjonlik ko‘p yillar avvalgi qotilliklarda gumonlanib qo‘lga olindi. Ulardan ikki nafari — aka-uka Ziyoddin va Husayn Safarovlar halok bo‘ldi.
Aliyev rossiyalik huquq-tartibot organlarini hibsga olinganlarni qiynoqqa solib, o‘ldirganlikda aybladi va rasmiy versiya — «yurak xuruji» haqidagi bayonotni yolg‘on deb atadi.
Javob tariqasida Boku rossiyaliklarni hibsga oldi va Moskva bilan qator sohalarda hamkorlikni muzlatib qo‘ydi. Kreml esa Vladimir Solovyov orqali Ozarboyjonga «yangi maxsus harbiy operatsiya» bilan tahdid qildi. Aliyev bunga javoban mamlakatni urushga tayyorlashini va SSSR tarkibidagi tarixini «okkupatsiya» deb baholashini bildirdi.