Ekopartiya "Yashil kadastr"ni ishlab chiqishni taklif qilmoqda
27.09.2024 10:37
Bugun daraxtlarni, yashil tabiatni har tomonlama muhofaza qilish bo‘yicha qancha choralar ko‘rilsa ham, ekologik muammolar haliyam aktual.
Ekologik partiya shunaqa ishlarni yanayam ko‘paytirish kerak deb, saylovoldi dasturida barcha viloyat va tumanlarda “Yashil kadastr”ni ishlab chiqish taklifini bermoqda.
Bu yashil kadastr degani, qaysi hudud bo‘lsa, o‘sha joydagi hamma daraxt/o‘simlik umuman yashil joylarni butun ro‘yxatini yuritish degani bo‘lsa kerak.
Haqiqatdanam yashil hududlarni "tikka" egallab olish, daraxtlarni ruxsatsiz kesish kabilar ayni sodir bo‘lib kelayotgan holat.
Partiya fikricha, “Yashil kadastr” tabiatli maskanlar va daraxtlarni himoyalash uchun samarali mexanizm bo‘la oladi.