31-07-2025 09:20
Vazirlikning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 31 iyul soat 13:00 da Toshkent viloyati FVBga, Bo‘stonliq tumani, «Burchmulla» MFYda joylashgan «Burchmullo» o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qir adirlikda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Hozirda, voqea joyida Toshkent viloyati yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda O‘rmon xo‘jaligi xodimlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi Behzod Qobulovning ma’lum qilishicha, yong‘in ta’sir hududi 3-5 gektar atrofida ekani taxmin qilinmoqda. Hozirgi daqiqalarda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan barcha kuch va vositalar safarbar etildi.
Yong‘in sodir bo‘lgan tog‘li hududga faqat piyoda, tog‘ so‘qmoqlari orqali borish mumkin. Shuning uchun hududga mudofaa vazirligining yong‘inni bartaraf etishga mo‘ljallangan aviatsiya kuchlari chaqirilgan.