Bu haqda Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakili Jafar Yazerlu ma’lum qildi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab to‘xtatilgan reyslar 26 oktyabr kuni soat 9:00da qayta tiklangan.
IRNA agentligining xabar berishicha, Eron Tashqi ishlar vazirligi BMT Nizomiga ko‘ra, Tehron o‘z mamlakatini xorijiy tajovuzlardan himoya qilish huquqiga va burchiga ega ekanligini ma’lum qildi.
“Eron o‘zini chet el tajovuzlaridan himoya qilish huquqi va burchiga ega, deb hisoblaydi, bu qonuniy mudofaa huquqi BMT Nizomining 51-moddasida ko‘rsatilgan”, – deyiladi Eron TIV bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Erondagi bir qator harbiy markazlarga qarshi tajovuzni xalqaro huquq va BMT Nizomi, ayniqsa, kuch ishlatish yoki kuch ishlatishni taqiqlash tamoyilini ochiqdan-ochiq buzish, davlatlarning hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetiga kuch ishlatish tahdidi deb biladi.
Isroil mudofaa kuchlari esa Eron harbiy obyektlariga tungi havo hujumlarini to‘xtatganini ma’lum qilgan va Eronni mojaroning yanada keskinlashishiga tayyorgarlik ko‘rishi haqida ogohlantirgan edi.