01-12-2025 08:03

“Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilanishicha, ushbu portalda:
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan javobgarlik choralari qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
2026-yildan har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi. Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblariga BHMning 150 (61,8 mln so‘m), 125 (51,5 mln so‘m) va 100 baravari (41,2 mln so‘m) miqdorida mukofot puli beriladi.
Intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo‘yicha quyidagilarda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yiladi:
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etiladi.
