01-12-2025 09:57

O‘zgidromet 1-dekabr kuni soat 09:00 holatida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 180 mkg/m3 ni tashkil etib, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 3-marta oshgan.
Avvalroq O‘zgidromet Toshkent havosidagi inversiya jarayoni o‘tgan hafta oxirigacha (30-noyabrgacha) saqlanib turishini xabar qilgan edi.
Shuningdek, 28-noyabrgacha so‘nggi 5 besh kun ichida havodagi PM2,5 zarrachalarining doimiy kamayib borishi kuzatilgan edi. Jumladan, 24-noyabrda PM2,5 me’yordan 3-marta oshgan bo‘lsa, 28-noyabrda esa PM2,5 me’yordan 1.6-marta ortgan edi.
O‘zgidromet avvalroq e’lon qilgan xabarda havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yog‘ingarchilik tushishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 8-9-dekabr kunlarida Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yuqori ekanligi qayd etilgan.
