
BMT ayollar tuzilmasining "gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kampaniyasi texnologiya zarar etkazish o‘rniga tenglikka xizmat qiladigan dunyoni yaratishga chaqiradi.

Televizor ekraniga tikilib, ertakka berilib ketgan o‘sha sehrli his-tuyg‘uni eslaysizmi? Unda ajoyib malikalar, sehrlangan shahzodalar, sehrgar parilar, makkor o‘gay onalar, odamlar, otlar va sichqondan tortib kitobgacha - barcha narsalar gapirardi. U yerda mehr-muhabbat, ezgulik va adolat, albatta, g‘alaba qozonar edi.

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida kiberfiribgarlikda ayblanayotgan Umid Zohirjonov O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona deb xabar berdi.

Marhabo ismli to‘qqiz yoshli, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qizning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. U bir paytlar ko‘chada yashab, tilanchilik qilib, kun kechirgan bo‘lsa, bugun u professional model, ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan.

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyada xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarni migratsiya qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi. Qoidalarni buzgan fuqarolar deportatsiya va 10-yillik kirish taqiqiga duch kelishi mumkin.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkiy davlatlar fuqarolarining ishga joylashishi jarayonini soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Hujjat 10-oktyabr kuni Resmî Gazete rasmiy gazetasida chop etildi.