O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsuli Yusuf Qobuljonov Kamchatka va Saxalin hududlarida vaqtincha bo‘lib turgan yurtdoshlarimizni Favqulodda vaziyatlar xizmati ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga va xotirjamlikni saqlashga chaqiradi.
2025 yil 15 avgustdan Qirg‘izistonda xalqaro internet trafigi uchun davlat monopoliyasi sinov tariqasida amalga kiritiladi. Sadir Japarov imzolagan qarorga ko‘ra, butun xalqaro internet tranziti milliy kompaniya «ElKat» tomonidan amalga oshiriladi.
Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (Sustainable Development Solutions Network – SDSN) tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida O‘zbekiston 73 ball bilan 62-o‘rinni egalladi (qariyb 45 foiz maqsadlarga erishilgan yoki erishish jarayonida).
Qonunchilik palatasi tomonidan 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan fuqarolarni OIV (inson immunitet tanqisligi virusi) infeksiyasiga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.