28-07-2025 11:58
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 23 iyul kuni soat 15:00 atrofida Beruniy tumanida yashovchi 38 yoshli erkak Aqchako‘l ko‘liga turmush o‘rtog‘i farzandlari va jiyanlari bilan dam olish maqsadida borgan. U ko‘lga o‘zining shaxsiy qayig‘i bilan tushgan, biroq qayiq ko‘l o‘rtasiga borganda ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.
Oqibatda erkakning 36 yoshli turmush o‘rtog‘i Z.R. hamda 10 va 13 yoshli qizlari suvga cho‘kib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.