10-07-2025 07:06
Qayd etilishicha, shu yilning 9-iyuldan 9-avgustga qadar quyidagi yo‘nalishlar harakati Milliy bog‘ ko‘chasi orqali tashkil etiladi.
190-sonli avtobus yo‘nalishi Yangibozor ASHB — Mashinasozlar metro bekati ASHB yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
106-sonli avtobus yo‘nalishi Saodat savdo markazi — Akfa Universiteti yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Yo‘lovchilardan ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish va safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi, — deyiladi xabarda.