29-06-2025 16:41
Yangi tartibga ko‘ra, ushlangan shaxs hibsxonaga kelgan paytdan 2 soat ichida ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Agar tanasida jarohat yoki shikast aniqlansa, bu holat rasmiy qayd etilib, shaxsga ma’lum qilinadi va prokurorga xabar beriladi.
Shaxsning xohishiga ko‘ra, advokat ham tibbiy ko‘rikda ishtirok etishi mumkin.
Ko‘rik natijalari asosida maxsus tibbiy ma’lumotnoma tuziladi.