06-10-2025 10:13
Fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali naqd shaklda pensiyalarni to‘lash jarayonlari boshlandi.
Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab hududlarda pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu tizimni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad — pensiyalarni fuqarolarga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazish.
Endilikda to‘lov jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda «to‘landi» deb hisobot berilib, amalda fuqaroga to‘lanmaslik yoki boshqa shaxslarga to‘lab yuborish holatlari oldi olinadi.