02-10-2025 11:19
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Mudofaa vazirligi Bosh boshqarmasi harbiy xavfsizlikni ta’minlash va chaqiriluvchilar kontingenti sifatiga ta’sir etuvchi qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borgan ishlar davomida pora olish holati aniqlangan.
Tergov doirasida 2025 yil 23 sentyabrda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism qo‘mondoni B.M. va Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari harbiy qismi xizmatchisi M.A. til biriktirib, fuqarolardan muddatli harbiy xizmatga qabul qilish uchun 70 mingdan 90 ming somgacha pora olgan.
Surishtiruv natijalari ular xizmatga kirishdan oldin tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilganini ko‘rsatdi. Pul to‘lashdan bosh tortgan fuqarolar esa turli ma’muriy to‘siqlarga duch kelgan.
2025 yil 26 sentyabrda Bishkek shahri Lenin tuman sudi qarori bilan gumonlanuvchi B.M. ikki oyga tergov hibsxonasiga qamoqqa olindi. Maxsus xizmat ma’lumoticha, hozirda mazkur korrupsiya sxemasida ishtirok etgan boshqa shaxslar ham aniqlanmoqda va tergov harakatlari davom etmoqda.