02-10-2025 09:30
U Prezident mazkur jinoyat haqidagi xabarni katta afsus bilan qabul qilganini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan Japarov Prezident Administratsiyasining huquqiy ta’minlash boshqarmasi rahbari Murat Ukushevga qonunchilikka o‘zgarishlar kiritish vazifasini topshirdi. Yangi normalar bolalar, qizlar va ayollarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni maksimal darajada og‘irlashtirishni ko‘zda tutadi.
Jumladan, bolalarni zo‘rlash, shuningdek, ayolni zo‘rlab o‘ldirish kabi jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilinmoqda.
Prezident Sadir Japarov ta’kidlashicha, bolalar va ayollarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar jazosiz qolmasligi shart.
Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi yagona portalida “Fuqarolar takliflari” bo‘limida ham tegishli tashabbus e’lon qilindi. Unda jinoyat kodeksiga o‘zgarish kiritib, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning hayoti va jinsiy daxlsizligiga qarshi og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi belgilash taklif etilmoqda.
Xususan, ayrim takliflarda shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillik, voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirish, zo‘rlash yoki boshqa jinsiy zo‘ravonlik harakatlari bilan uyg‘un qotillik holatlar uchun o‘lim jazosi joriy etish ko‘zda tutilgan
Eslatib o‘tamiz, 2008 yilda tug‘ilgan qizaloq 27 sentyabrda yo‘qolgan edi. Uning jasadi Jol-Arik qishlog‘i yonidan topildi. Qizaloq zo‘rlanib, bo‘g‘ib o‘ldirilgani aniqlandi. Terguvchilarga ko‘ra, 1984 yilda tug‘ilgan, oldin sudlangan erkak ayblanuvchi sifatida qo‘lga olingan.