O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Rossiya Prezidenti 6-avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qildi.
Joriy yil I yarmida mintaqada Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sishi eng yuqori sur’at kasb etdi. Olti oy mobaynida Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti 11,7 foizga o‘sgan. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.
BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Global va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb masalalari, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasining bo‘lajak 80-yubiley sessiyasini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.