10-10-2025 10:35
Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida Iroq Prezidenti Adullatif Rashid O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga oldi.
Suhbat yakunida Prezident Adullatif Rashid O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlanganligi munosabati bilan tabriklab, uning mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Yunusov 2024-yil 6-fevral kuni O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.
Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, «Al-Azhar» universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.
2003-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.