08-09-2025 09:36
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublikada parlament islohotini o‘tkazish va hozirgi ikki palatali parlament o‘rniga bir palatali parlament tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda u Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan yillik murojaatida so‘z ochdi.
«O‘n yil davomida Senatga rahbarlik qilish sharafi menga nasib etgan va men bu vazifani har doim katta sharaf hamda mas’uliyat deb bilganman. Shu boisdan, bu minbardan parlament islohoti haqida gapirish men uchun oson emas. Shunga qaramasdan, aynan bugungi kunda mamlakatimizda yaqin kelajakda bir palatali Parlament tuzish taklifini bildirmoqchiman. Aynan bugun men yaqin kelajakda mamlakatimizda bir palatali parlament tashkil etish taklifini bildirishni lozim topdim. Darhol aytib o‘tmoqchimanki, bu juda jiddiy masala bo‘lib, uni hal qilishda shoshilishga mutlaqo o‘rin yo‘q. Ushbu islohot fuqarolik jamiyatida, ekspertlar doirasida va, albatta, amaldagi parlamentda atroflicha muhokama qilinishi lozim», — dedi u.
To‘qayevning ta’kidlashicha, «bunday parlament faqat partiya ro‘yxatlari asosida saylanishi kerak».
Qozog‘iston rahbari 2027-yilda respublikada konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish va bir palatali parlamentga o‘tish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif etmoqda.