
Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avlod odamsimon roboti mamlakat sharqidagi ikki yirik shahar — Suchjou va Shanxay orasidagi 106 kilometrdan ortiq masofani to‘xtamasdan bosib o‘tib, Ginnesning yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda China Daily Asia nashri xabar berdi.

Kanadalik aktyor va ssenariy muallifi Kalam Uorsi startap tashkil etib, sun’iy intellekt (SI) asosida marhumlarning raqamli nusxalarini yaratish va ular bilan muloqot qilish imkonini beruvchi 2wai ilovasini ishlab chiqdi. Bu haqda 14-noyabr kuni Britaniyaning Daily Mail gazetasi xabar berdi.

Visual Instruments kompaniyasi dunyoda birinchi marta Phantom nomli shaffof kompyuter monitori — innovatsion displeyni rasman taqdim etdi. Bu qurilma nafaqat futuristik dizayni, balki vizual texnologiyalarning yangi bosqichini boshlab bergani bilan ham e’tiborga loyiq.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatmalarni tahlil qilish va so‘roqlarni tayyorlashda yordam beradigan, shuningdek, tergov muddatini qisqartiradigan yangi loyiha — tergovchining interaktiv yordamchisini ishga tushirgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qilgan.