18-11-2025 12:13

“Shov-shuvli reklamada homilador ayol 2wai nomli ilova orqali marhum onasining sun’iy nusxasi bilan suhbatlashayotgani ko‘rsatilgan. So‘ngra video vaqt bo‘ylab oldinga o‘tib, “buvi”ning chaqaloqqa ertak aytib bergani, bolalar maktabdan qaytganida ular bilan gaplashgani va nevarasining tug‘ilishi haqida suhbatlashgani tasvirlangan”, deya xabar qiladi nashr.
Raqamli nusxa yaratish uchun chat-botga nusxasi ko‘chirilishi kerak bo‘lgan insonning hayotidan olingan uch daqiqalik videoni taqdim etish lozim. Biroq zamonaviy texnologiyalarning bunday qo‘llanilishi axloqiy me’yorlar nuqtai nazaridan jiddiy tanqidga uchramoqda.
Bundan tashqari, Shekspir yoki qirol Genrix VIII kabi o‘tmishda yashagan boshqa xayoliy yoki real shaxslarni qayta yaratish imkoniyati ham ta’kidlanmoqda.
Bundan avval Germaniyada inson aralashuvisiz robotlar ovqat pishiradigan avtonom oshxona ishga tushirilgani xabar qilingandi.
Syurixdagi Shveytsariya oliy texnika maktabining Mynerva sho‘ba korxonasi besh yil davom etgan tadqiqotlar natijasida Leia nomli innovatsion tibbiy paypoqlarni ishlab chiqishni yakunladi.
