21-06-2025 11:59
Ma’lum qilinishicha, tashabbus prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning sun’iy intellektni jadal rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘ini bajarish maqsadida amalga oshirilgan. Sun’iy intellekt “Sudgacha tekshiruvlarning yagona reyestri” axborot tizimiga joylashtirilgan bo‘lib, tergovchilarga kundalik ishlarni avtomatlashtirish imkonini beradi.
Yangi tizim nutqni matnga aylantirish, turli shaxslarning ko‘rsatmalarini taqqoslash va ulardagi ziddiyatlarni aniqlash, so‘roq uchun aniqlashtiruvchi savollarni taklif etish hamda protsessual hujjatlarni avtomatik tarzda shakllantirishni uddalaydi.