29-08-2025 12:10
“Fenerbaxche” saralash bosqichida “Benfika”ga imkoniyatni boy berib (0:0, 0:1) Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga chiqa olmadi.
“Biz 2024/25 yilgi mavsumdan buyon professional futbol jamoamizga murabbiylik qilib kelgan Joze Mourinyu bilan xayrlashdik.
Unga jamoamiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi press-relizda.
62 yoshli portugaliyalik turk klubini 2024-yildan buyon boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda “Fenerbaxche” milliy chempionat turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Mourinyu “Portu” va “Inter” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, uch karra Angliya chempioni (“Chelsi” bilan), ikki karra Italiya chempioni (“Inter” bilan) va Ispaniya chempioni (“Real Madrid” bilan). Portugaliyalik murabbiy “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Roma” klublarida ham ishlagan, deb xabar berdi news.sportbox.ru.