22-10-2025 10:21

Manbaga ko‘ra, Fitzroy daryosi o‘zining tabiiy go‘zalligi bilan birga timsohlar bilan to‘la hudud sifatida tanilgan. Shunga qaramay, Olimpiada inshootlari qurilishiga mas’ul bo‘lgan agentlik daryoni musobaqalar o‘tkazish uchun yaroqli deb topdi.
Kvinslend shtati bosh vaziri Devid Krisafulli so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hukumat timsohlar bilan bog‘liq xavfsizlik masalalarini qat’iy nazorat qiladi.
“Hududdagi xavfsizlik bizning birinchi ustuvorligimiz bo‘ladi. Har bir sportchi va mehmon uchun to‘liq himoya choralari ko‘riladi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi (World Rowing) ilgari Fitzroy daryosini musobaqalar uchun yaroqsiz deb baholagan edi. Biroq Kvinslend hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirish, xususan, timsohlar tahdidiga qarshi maxsus nazorat tizimini joriy etishga va’da bergan.
