21-07-2025 06:31
Kecha, 20-iyul kuni faqatgina taekvondo WT musobaqalarida yurtdoshimiz muvaffaqiyat qozondi. Xususan, vazni 58 kg gacha bo‘lgan bellashuvda ishtirok etgan Shamsiddin Qurbonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu kuni stol tennisi bo‘yicha ham muhim natija qayd etildi. Vakilamiz Marhabo Magdiyeva mo‘g‘ulistonlik Namunbaygali Erdeneni yirik — 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun, 21-iyul kuni esa sportchilarimiz quyidagi to‘rt yo‘nalishda o‘z omadini sinovdan o‘tkazishadi:
suzish,
yengil atletika,
stol tennisi,
taekvondo WT.
Ma’lumot uchun:
Universiadaning dastlabki to‘rt kuni yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida:
AQSH – 13 ta oltin, 8 ta kumush va 15 ta bronza medali bilan peshqadam;
Xitoy – 8 ta oltin, 12 ta kumush va 3 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinda;
Janubiy Koreya – 7 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda.
Xorijiy investorlar kengashi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi ta’minlanadi