03-12-2025 10:58

Forman o‘sha musobaqada 19 yoshida edi va +81 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. U finalda sovet bokschisi Yonas Chepulisni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, oltin medalni o‘ziniki qilgan. Sport yodgorliklari savdosi bilan tanilgan, 1985-yildan beri faoliyat yuritayotgan “Lelands” mazkur medalni auksionda sotilayotganini e’lon qildi. Uning boshlang‘ich narxi 2 500 dollar etib belgilangandi, hozirgi taklif esa 6 486 dollardan oshgan.
Ma’lumot uchun, Jorj Forman Olimpiya chempioni, shuningdek, WBC, WBA va IBF kamarlarini egallagan og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni hisoblanadi. U professional ringda 81 ta jang o‘tkazib, 76 tasida g‘alaba qozongan bo‘lib, ushbu bellashuvlarning 68 tasi nokaut bilan yakunlangan.
Bokschi 1969-yilda professional ringga o‘tib, 1977-yilda faoliyatini yakunlagan. Ammo oradan 10 yil o‘tib, Forman yana ringga qaytadi. U 1997-yil, 48 yoshida sportchilik karyerasini yakunlagan.
