29-10-2025 09:30

Mazkur arena “The Line” (“Chiziq”) nomli shahar markazida, Tabuk mintaqasida barpo etiladi. Zamonaviy stadion 46 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, 2034-yilda Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi.
Loyihaga ko‘ra, arena to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalarida (Quyosh panellari yoki shamol) ishlaydi va mamlakatning “Vision 2030” dasturi doirasidagi barqaror rivojlanish siyosatiga mos ravishda quriladi. Stadiondan butun shaharni ko‘rish imkoni bo‘ladi.
Quruvchilar “Neom Sky”ni “innovatsiya va barqarorlik timsoli” sifatida ta’riflagan. Stadion qurilishi 2027-yilda boshlanib, 2032-yilgacha to‘liq bitkazilishi rejalashtirilgan. Chunki unda Jahon chempionatining bir nechta o‘yinlari, jumladan, chorak final bahslari o‘tkaziladi.
“Neom” loyihasi Saudiya Arabistonining eng katta urbanistik tashabbuslaridan biri hisoblanadi. 170 kilometr uzunlikdagi va 500 metr balandlikdagi shahar 2030-yilda birinchi bosqichda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Bu mamlakatning shaharsozlik va sport sohasidagi yangi davriga yo‘l ochadi.
