28-10-2025 09:58

O‘zbekistonlik olti nafar bokschi o‘z vaznida peshqadamlik qilmoqda: Abdumalik Halokov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Jahongir Ummataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg).
Qolgan to‘rt vazn toifasida esa Sanjar Toshkenbay (50 kg), Mahmud Sobirxan (55 kg), To‘raxan Sobirxan (70 kg) va Aybek Oralbay (+90 kg) kabi qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari yetakchilik qilmoqda.
“Reytingda O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasining 6 tasida yetakchilik qildi, Qozog‘iston esa qolgan 4 toifada peshqadam bo‘ldi”, deyiladi tashkilotning rasmiy Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Liverpulda o‘tgan World Boxing jahon chempionatida Qozog‘iston 7 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan joy olgan edi, O‘zbekiston esa 6 ta oltin bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi.
