29-10-2025 09:48

Ma’lum qilinishicha, voqea 28-oktyabr, seshanba kuni Komo viloyatidagi Fenegro shahrida (“Inter”ning mashg‘ulot markaziga yaqin joy) sodir bo‘lgan. Martines boshqaruvidagi avtomobil 81 yoshli nogironlar aravachasidagi erkakni urib yuborgan.
Tez yordam va havo tibbiy xizmati tezda yetib kelganiga qaramay, erkak voqea joyida halok bo‘lgan. Italiyaning huquqni muhofaza qilish organlari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, keksaygan erkakning yuragi xuruj qilgan bo‘lishi mumkin, natijada u yo‘lga chiqib ketgan va Martines boshqaruvidagi mashina urib yuborgan. “Inter” darvozaboni zudlik bilan to‘xtab, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga uringan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli ispaniyalik darvozabon 2024-yil yozida “Inter” safiga qo‘shilgan bo‘lib, hozirgi kunda jamoaning ikkinchi raqamli posboni hisoblanadi. U shu kungacha klub safida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan. Martines bunga qadar “Las-Palmas”, “Jenoa va “Leypsig” kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan. Transfermarkt portali Xosepning qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.
