Mamlakatda har yili 200 mingdan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tugatib, mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda qonun va adolat ustuvorligiga erishishda yuridik xizmatning o‘rni juda muhim. Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida yurtimizda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi hamda qonuniylikni taʼminlash bo‘yicha eʼtiborga molik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari samarali koʻrib chiqilishini, shuningdek fuqarolarga saylovga oid masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilishini tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida “Call-center” ishga tushirildi.