18-09-2025 10:56
AQSH Federal zaxira tizimi 9 oy tanaffusdan keyin birinchi marta bazaviy stavkani pasaytirdi. Qarorga ko‘ra, stavka 0,25 bandiga tushirilib, 4,00–4,25 foiz darajasida belgilandi. Bu qadam iqtisodiy o‘sish sekinlashishi va inflyatsiya bosimi kuchayishi ortidan amalga oshirildi.
Regulyator ma’lumotlarigako‘ra, yilning birinchi yarmida iqtisodiy faollik pasaygan, yangi ish o‘rinlari yaratilishi sustlashgan va ishsizlik oshgan. Shu bilan birga, inflyatsiya yuqori darajada qolmoqda. Federal zaxira uzoq muddatda ish bilan ta’minlanishni barqaror ushlab turish va inflyatsiyani 2 foiz atrofida saqlashni maqsad qilib qo‘ygan.
Stavka tushirilishi e’lon qilinganida dollar indeksi 96,2gacha pasaydi, yevro/dollar kursi 1,19ga ko‘tarildi, oltin esa 3 710 dollargacha qimmatladi. Biroq qarordan so‘ng bozorlarda nisbiy barqarorlik qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Federal zaxira so‘nggi besh yig‘ilishda stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan. Bu jarayon Donald Tramp ma’muriyatining savdo va boj siyosati iqtisodiyotga qanday ta’sir qilayotganini baholash uchun amalga oshirilgan edi. Prezident Tramp esa kechagi qarorni «yetarli emas» deb baholadi.
Ovoz berish jarayonida Jerom Pauell va Jon S. Uilyams boshchiligidagi ko‘pchilik a’zolar qarorni qo‘llab-quvvatladi. Faqat bitta a’zo — Stiven I. Miran stavka 0,5 bandiga tushirilishi kerakligini aytgan.