19-09-2025 10:17
Buning uchun my.gov.uz portali orqali "Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish" xizmatiga kiriladi va «Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash» bo‘limini tanlab, ariza yuboriladi.
Ma’lum qilinishicha, xizmat narxi 370 800 so‘m (0.9 BHM).
Agar guvohnomani ko‘rsatilgan manzilga pochta orqali yetkazib berilishi uchun qo‘shimcha 25 000 so‘m to‘lov qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish muddati — 1 ish kuni bo‘lib, pochta orqali yetkazib berish bilan birga, jami 3 ish kuni ichida yangi guvohnoma murojaatchining qo‘liga yetib boradi.
Eslatilishicha, haydovchilik guvohnoma haqidagi ma’lumotlar tizimda tasdiqlanmasa va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning arizasi rad etiladi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131 va 136-moddalari bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa ham ariza rad etiladi.