16-10-2025 10:52
So‘nggi to‘qqiz yil davomida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi hamda yangi mazmun kasb etdi.
Uch davlat rahbarlarining ochiq, pragmatik va do‘stona siyosat olib borishga bo‘lgan intilishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikka oid tashabbuslari tufayli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi.