19-09-2025 10:23
Xabarda aytilishicha, Prezidentning shu yil 16-17-sentyabr kunlari viloyatga tashrifi tom ma’noda Namanganda 2-uyg‘onish davrini boshlab berdi.
Dastlab mahalla ahli, nuroniylar bilan uchrashuvda davlat rahbari tashabbusi bilan mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirish, bo‘sh turgan eski binolar o‘rnida sanoat zonasi tashkil etish, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida axborot berildi.
Shuningdek, “Yangi Namangan” va uning atrofidagi 6 ta mahallani jadal rivojlantirish bo‘yicha master reja ishlab chiqish yuzasidan mutaxassislar, aholi vakillarining takliflari tinglandi.
Shu yerda barcha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etildi va faoliyati izchil yo‘lga qo‘yildi.
Norin tumani hokimi shu mahalla hududiga o‘rnatilgan konteyner uyga ko‘chib o‘tdi va bu bilan islohotlarni tezlatish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish, mahallani obod maskanga aylantirish imkoniyati yaratildi.
Nuroniylar Prezidentimiz tashrifidan keyin boshlangan ishlar uchun minnatdorlik bildirib, ezgu sa’y-harakatlarga “oq fotiha” berdilar.