17-09-2025 11:18
Shu bilan birga, global miqyosda ushbu maqsadlarga erishish uchun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga 4 trillion dollardan ziyod mablag‘ zarur.
Bunday sharoitda xavf-xatarlarni obyektiv baholash, moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha “kambag‘allikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.
Ushbu masalalarga yechim topish maqsadida Prezidentimiz 2026 yilda ko‘hna Xiva shahrida xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va hamkor davlatlar ishtirokida yuqori darajadagi konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.
“Inson qadrini ulug‘lash orqali ularga munosib sharoit yaratish, bu borada kambag‘allikni qisqartirish – Yangi O‘zbekistondagi barcha islohotlarning zamirini tashkil qiladi.
Bir narsaga aminman: O‘zbekiston ortga qaytmas islohotlar yo‘lidan qat’iy borib, kambag‘allikni qisqartirish borasida ham, Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishish bo‘yicha ham barcha majburiyatlarini bajarishga harakat qiladi”, — dedi so‘zining yakunida davlatimiz rahbari va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.