Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning yosh tarkibi tahlil qilindi.
Parlament deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil — 25 yoshda. Mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil esa — 21 yoshda.
20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar e'lon qilindi. "Yuksalish" harakati tomonidan siyosiy partiyalar ilgari surgan nomzodlarning mutaxassisligi tahlil qilindi.
Parlament deputatligiga nomzodlarning 9,1 foizini shifokorlar, 20,2 foizini iqtisodchilar tashkil qilmoqda.
"Yuksalish" harakati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning gender tarkibini tahlil qildi.
Parlament deputatligiga jami nomzodlarning 44,7 foizini, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning 42,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, 20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlar ro'yxatga olindi.
"Yuksalish" harakati nomzodlar tarkibi tahlil qildi.
Nomzodlar orasida milliy ozchilik vakillari, jumladan tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg'izlar, ruslar va boshqa millatlar vakillari bor. Ularning jami soni 1915 tani tashkil etmoqda.