23-10-2025 08:17

Bu kashfiyot Berdah nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti olimlari hamda O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi mutaxassislari hamkorligidagi izlanishlar natijasida amalga oshirilgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, topilgan suyaklar ulkan dinozavrga tegishli bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Geologiya davlat muzeyi direktori Ahmadjon Ahmadshayevning ma’lum qilishicha, izlanishlar o‘tkazilgan joyda dinozavrning umurtqa bo‘laklari, oyoq suyaklarining qismlari va boshqa suyak fragmentlari aniqlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, topilgan qoldiqlar bo‘r davriga tegishli bo‘lib, ularning aniq turi laboratoriya tadqiqotlari va xalqaro ekspertlar xulosasidan so‘ng belgilanadi.
Tadqiqotlar yakunlanganidan keyin dinozavr suyaklari O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyiga topshiriladi.
