25-06-2025 09:06
Bu haqda "Tehran Times" yozyapti. Unga ko‘ra, Samarqandda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov va Eron Turizm, madaniy meros va hunarmandchilik vaziri Ezatolla Zargamiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv davomida Zargamiy ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish taklifi bilan chiqqan.
“Buxoroga tashrif buyurganimda ikki xalq qanchalik yaqin ekanini his qildim. Biz O‘zbekistondan Eronga sayyohlar kelishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Xorijga sayohat qilishni rejalashtirayotgan eronlik sayyohlar O‘zbekistonga kelishi ustuvor vazifamizdir”, deydi u.