21-10-2025 11:13

Davlat Bojxona qo‘mitasi hamda dunyo miqyosidagi auksion uylari bilan hamkorlik qadimda turli mamlakatlarga tarqalib ketgan qimmatbaho buyumlarni qaytarishda muhim rol o‘ynadi, deyiladi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi ma’lumotida.
Erishilayotgan natijalarni kuzatgan holda nufuzli xalqaro axborot agentligi – Euronews yurtimiz o‘zining boy madaniy merosini saqlash va tiklash yo‘lida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi orqali faol ish olib borayotganligini e’tirof etdi.
Darhaqiqat, markaz O‘zbekistonda o‘z turidagi birinchi bo‘lgan zamonaviy restavratsiya laboratoriyalariga ega bo‘lib, bu yerda mutaxassislar qo‘lyozmalar, to‘qimachilik buyumlari, metall ishlovlari va boshqa tarixiy materiallarni asrab-avaylashmoqda.
Ushbu bebaho durdonalarni saqlash va namoyish etish orqali Islom sivilizatsiyasi markazi o‘tmish bilan bugun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishni, asrlar davomida shakllangan san’at, ilm-fan va e’tiqod an’analarini ulug‘lashni maqsad qilgani qayd etiladi.
