23-10-2025 08:25

Ular orasida Xorazm viloyatining Xiva shahri ham bor.
«Samarqand va Buxoro mashhurlik cho‘qqisida bo‘lsa, Xiva o‘tmishga yanada haqiqiy va xotirjam sayohatni taklif etadi. Yozda Toshkentdan tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi - u yo‘lni ikki baravar qisqartiradi», deyiladi xabarda.
Nashrda Xiva O‘zbekistonning nafaqat muhim madaniy shahri, balki Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan betakror tarixiy va madaniy markaz ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, National Geographic Xivani "ochiq osmon ostidagi muzey" va "Ipak yo‘lining durdonasi" deya e’tirof etgan.
Maqolada, shuningdek, hozirgi vaqtda Xivada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari haqidagi ma’lumotlar mushtariylar e’tiboriga taqdim etilgan. "Jumladan, 2026-yil kuzida Toshkent–Samarqand–Buxoro–Xiva yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikdagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Urganch xalqaro aeroporti esa zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinmoqda", – deyilgan manbada.
