25-10-2025 06:31

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDY organlarida 177 mingta nikoh qayd etilgan. Shundan shahar joylarida – 91,2 mingta, qishloq joylarida – 85,8 mingta nikoh qayd etilgan.
Nikohlar soni yillar kesimida quyidagicha (yanvar-sentyabr):
Demografik ko‘rsatkichlar
1-oktyabr holatiga O‘zbekiston aholisi 38 million 69,1 ming kishini tashkil etdi. Aholining 49,6 foizi yoki 18 million 896,6 ming nafari ayollar, 50,4 foizi yoki 19 million 172,5 ming nafari erkaklardir.
Shahar aholisi soni 19,4 million, qishloq joylarda yashovchilar soni esa 18,7 million kishini tashkil etadi. Hisobot davrida 177 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 35,4 mingta nikoh bekor qilingan.
Tashqi migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, mamlakatga 1 133 kishi ko‘chib kelgan, 7 585 kishi esa chet elga ko‘chib ketgan.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 2025-yil boshidan buyon 32 mingga yaqin oila ajralib ketgani ma’lum qilingan edi. 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelmoqda. Shuningdek, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari kuzatilgan. Shu bilan birga, ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi ta’kidlangan.
